O'tgan postimda Amerikaga referal yordamida ishga kirganligim haqida yozgan edim.
Ushbu postda referal haqida to'liq ma'lumot beraman.
Kompaniyalarda ishga kirishning birinchi bosqichi bu rezyume ko'rigidan o'tish. Ushbu bosqichda juda ko'p (50% – 90%) davogarlar "chopiladi". Lekin shu bosqichdan "sakrab o'tish" siri bor, bu referal!
<aside> 💡 Referal (ingliz tilida "referral") – odamni biron bir ishga/lavozimga taklif qilish. Taklif qilingan odam to'g'ridan to'g'ri suhbatga chaqiriladi, ya'ni rezyume ko'rigidan o'tib ketadi.
</aside>
Rekruterlar referal qilingan nomzodlarga ishonchliroq qarashadi. Misol keltiraman:
Agar siz ishga qabul qilinsangiz, sizni refer/maslahat qilgan odam referal bonus oladi.
<aside> 💡 Referal bonus – yaxshi xodimni maslahat qilgani (topib kelgani) uchun biron bir odamga beriladigan pul mukofot.
</aside>
Bonus summasi Amerika kompaniyalarida $3 000 ~ $5 000 tashkil qiladi ... voydod! Aniq summa lavozimga qarab beriladi, ya'ni refer qilingan odam qancha yuqori lavozimga ishga kirsa (junior, middle, senior...), referal bonus ham shuncha baland bo'ladi. Pastgi jadvalda bonus summalar misoli ko'rsatilgan:
*Ma'lumotlar kompaniya xodimlari tomonidan 2019 yil Oktyabr oyida berilgan.
Bonus olish uchun bir nechta qoida bor. Kompaniyalarga qarab qoidalar farqlanadi, lekin asosiy qoidalarga ko'ra refer qilingan odam:
Aytgancha, bonusni tashqaridagi odamlar ham olishi mumkin. Ya'ni falonchi kompaniyada ishlamay turib, u yerga ishchilarni referal qilsa bo'ladi.
Misol: